Qarzdor kredit qarzi sabab ma’muriy binosidan ayrildi

149

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudining joriy yil 16 fevraldagi qarori bilan qarzdor “GLASS TOWER” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi aktsiyadorlik-tijorat “Mikrokreditbank”ning foydasiga 2 milliard 197 million so‘mdan ziyod kredit qarzdorlikni undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog’iston Respublikasi Alohida muhim ijro ishlarni ijro etish bo‘limi tomonidan qarzdor “Amudaryotex” mas’uliyati cheklangan jamiyatga ijro hujjati talabini bajarish uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berildi. Ushbu muddat ichida kreditni o‘z vaqtida qaytarmagan. Natijada ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli qarzdorga tegishli bo‘lgan qiymati 625 million so‘mlik ma’muriy bino xatlovga olinib, sotuvga chiqarilgan.

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan shu kabi banklar foydasiga kredit qarzdorliklarini undirish bilan bog’liq sud qarorlarining ijrosi ta’minlanmoqda. Jumladan, joriy yilda Byuroning Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud qarorlariga asosan tijorat banklari foydasiga kredit qarzlarni undirish bilan bog’liq jami 513 milliard 586 million so‘mlik 26 ming 68 ta ijro hujjatining ijrosi ta’minlangan bo‘lib, amalda 208 milliard 101 million so‘m undirildi.

Shuningdek, qarzdorlarga tegishli bo‘lgan, jami 317 milliard 119 million so‘mlik 819 ta ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jaligi texnikalari, avtotransport vositalari va boshqada mol-mulklar tegishli tartibda xatlovga olinib, 185 milliard 996 million so‘mlik 627 ta mulk elektron onlayn-auktsion savdolariga sotish uchun chiqarildi.

Qoraqalpog’iston axborot agentligi