Korxonalarning soliqdan qarzdorligi qay darajada?

Soliq boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Qoraqalpog’iston Respublikasida 4038 yuridik shaxsning o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq qarzdorligi 333,4 milliard so‘mni tashkil etmoqda.
Shu bois hududda soliq xizmati idoralari, Majburiy ijro byurosi, Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan hamkorlikda qarzdor korxonalarning mol-mulklarini xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, qarzdor korxonalarning soliq qarzi uchun avtotransport vositalari xatlovga olindi. Agar qarzdorlik belgilangan muddatda to‘lanmasa, ushbu bino va avtomashinalar elektron auktsion orqali sotilib, qarzdorlik davlat byudjetiga undiriladi.
Yil boshidan buyon birgalikda olib borilgan ishlar natijasida 421 ta korxonaning 81,0 milliard so‘mlik soliq qarzdorligi hisobidan ularga tegishli mol-mulk xatlovga olindi. Natijada korxonalar tomonidan 51,1 milliard so‘mlik soliq qarzi to‘lab berildi.
Qoraqalpog’iston axborot agentligi