G’o‘za parvarishi bo‘yicha muhim chora-tadbirlar muhokama qilindi

110

Qorao‘zak tumanida “Paxta etishtirishda muhim 30 kunlik” doirasida g’o‘za parvarishida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalariga bag’ishlangan dala seminari tashkil etildi.

Seminarda “O‘zagroinspektsiya”ning Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi boshlig’i E.Qayipbergenov, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi boshlig’i Dj.Xudaybergenov, tuman hokimi A.Baymuratov, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida g’o‘zaning vegetatsiya davrida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, xususan, sug’orish, kultivatsiya, oziqlantirish, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish hamda o‘simliklarni biologik va kimyoviy himoya qilish masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, dala sharoitida g’o‘zani parvarishlashda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar muhokama qilinib, hosildorlikni oshirish va sifatli paxta etishtirish uchun agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarish muhimligi ta’kidlandi.

Seminarda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari ham tinglanib, ular mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

A.Jiyemuratov, Qoraqalpog’iston axborot agentligi.