Messi chempionlik uchun yana kurashadi

65

O‘tgan asrning eng kuchli futbolchilaridan biri angliyalik Garri Lineker 1990 yili Italiyada o‘tkazilgan jahon chempionatining yarim finalidagi Angliyaning Germaniyaga qarshi o‘yinidan so‘ng “Futbol – bu oddiy o‘yin: 22 kishi to‘pni 90 daqiqa quvadi, oxirida esa doimo nemislar g’alaba qozonadi,” – degan so‘zini, bu yilgi jahon chempionatida Messi etakchiligidagi Argentina terma jamoasiga nisbatan qo‘llasak, o‘ylaymanki, juda o‘rinli bo‘ladi.

Sababi, chempionatning deyarli har bir o‘yinida katta qiyinchiliklarga duch kelayotgan Argentina kecha Angliyaga qarshi o‘tkazilgan yarim finalda ham ushbu maqolga o‘zlarining loyiq jamoa ekanliklarini yana bir bor ko‘rsatdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan boshlab, ikkala jamoa ham o‘yindagi ustunlikni o‘z qo‘llariga olishga harakat qilib, maydondagi har bir qarich er uchun o‘zaro keskin kurash olib bordi. O‘ta qiziqarli o‘tgan birinchi taymda darvozalar oldida bir necha bor xavfli vaziyatlar yuz berganiga qaramay o‘yinda hisob ochilmadi va uchrashuvning 55-daqiqasida angliyalik Entoni Gordon o‘ng tomondan o‘ziga Rojers tomonidan uzatib berilgan to‘pni Argentina darvozasiga aniq yo‘llashga erishdi.

Shundan so‘ng Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel asosiy e’tiborni himoyaga qaratib, o‘yindagi shu hisobni ushlab qolishga harakat qildi. Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skoloni esa, aksincha maydonga o‘yinni kuchaytiruvchi o‘yinchilarni tushirib, uchrashuvdagi ustunlikni o‘z qo‘llariga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Argentinalik murabbiyning o‘yinda qo‘llagan bu taktikasi o‘zining ijobiy natijasini berib, 85-daqiqada Entso Fernandes jarima maydoni tashqarisida o‘ziga Lionel Messi tomonidan to‘pni Angliya darvozasiga aniq yo‘lladi va o‘yindagi hisobni tenglashtirishga erishdi.

Shundan so‘ng inglizlar ham hujumga o‘tishga harakat qilib ko‘rdi. Biroq, bu o‘zining natijasini bermadi. Aksincha, o‘yinning 80-daqiqasida maydonga tushgan Lautaro Martines o‘yinning 90+2 daqiqasida Messi tomonidan uzatilgan to‘pni boshi bilan Pikford himoya qilayotgan darvozaga aniq yo‘llab, o‘z jamoasi finalga olib chiqdi.

Endi shu haftaning yakshanba kuni jahon chempionligi uchun Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasida o‘yin o‘tkazilsa, undan bir kun oldin Angliya Frantsiyaga bronza medali uchun maydonga tushadi.

Adilbay Orazov,
Qoraqalpog’iston axborot agentligi sharhlovchisi