Tumandagi yana bir muhim yo‘l ta’mirlanadi

Mo‘ynoq tumanidagi 95V124 “Shag’irli-Porlitao‘” avtomobil yo‘lining 15-24 kilometri oralig’ida (9 km. oraliq) qora qoplamali asfalt yotqizish ishlari boshlanish arafasida. Ayni paytda buning uchun zarur tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.

Bu yo‘lga qariyb 40 yil davomida etarli e’tibor qaratilmagan. Vaqt o‘tishi bilan yo‘lning qatnov qismi yaroqsiz holatga kelib, o‘nqir-cho‘nqir joylari ko‘payib, harakatlanish qiyinlashgan edi.

Bugungi kunda Prezidentimizning maxsus qarorlari asosida yo‘lni ta’mirlash va asfaltlash ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Yaqin kunlarda ushbu hudud aholisi va yo‘lovchilari uchun, xavfsiz, qulay va zamonaviy yo‘l sharoiti yaratiladi. Bu ishlar nafaqat yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, balki hudud aholisining turmush farovonligini oshirishga ham xizmat qiladi.

Qoraqalpog’iston axborot agentligi