Jo‘qorg’i Kenges Raisi tadbirkorlar bilan uchrashdi

103

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi Raisi Amanbay Orinbaev rahbarligida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni ishga tushirishda uchrayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalariga bag’ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda mebel ishlab chiqaruvchi va hunarmandchilik bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi.

Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ular uchun barcha qulay sharoit va imkoniyatlarni yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidlash joiz. Bunda Qoraqalpog’iston uchun alohida qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar bu boradagi chora-tadbirlar ko‘lamini yangi bosqichga ko‘tarmoqda.

O‘tkazilgan uchrashuvda ayrim sabablarga ko‘ra uchrayotgan muammolar bo‘yicha yaqindan fikr almashildi.

Yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan har qanday tashabbus doimo qo‘llab-quvvatlanishi Jo‘qorg’i Kenges Raisi tomonidan alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida bugungi kunda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar tinglanib, ko‘tarilgan masalalarning aksariyatiga joyida echim topish choralari ko‘rildi.

Qoraqalpog’iston axborot agentligi