Yoshlar bandligini ta’minlash dolzarb masala

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tashabbusi bilan Kegeyli tumani Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda Kegeyli tumani Yoshlar markazi hamkorligida universitet bitiruvchilari bandligini ta’minlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda Kegeyli tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig’i D.Duysenbaev, Kegeyli tumani Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig’i S.Seyitbekov va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Tarix fakulteti dekani S.Sulaymonovlar so‘zga chiqib, bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish va yoshlar bandligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Mehnat yarmarkasi davomida bitiruvchilarga tumanda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish tartiblari va mehnat munosabatlariga oid zarur ma’lumotlar berildi.
Yarmarka davomida ishtirokchilar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

O‘tkazilgan mehnat yarmarkasi universitet bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish va yoshlar o‘rtasida ishsizlikni kamaytirishga xizmat qiladi.
Qoraqalpog’iston axborot agentligi