O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
99

Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida rasmiy tashrif bilan Belarus Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi.
Saroy oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.



Davlatimiz rahbarini Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko samimiy kutib oldi.



Davlat madhiyalari yangradi.
Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.



Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.