Chimboydagi gaz tarmoqlari rekonstruktsiya qilinmoqda

Joriy yilda respublikamizda, jami 70,7 kilometrlik gaz tarmoqlarida qurilish-rekonstruktsiya ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Jumladan, 2026-2027 yilgi kuz-qish mavsumini ortiqcha talafotlarsiz o‘tkazish maqsadida hududlarda belgilab olingan ishlar ham qizg’in davom etmoqda.
Ayni paytda “Hududgaz Qoraqalpog’iston” gaz ta’minoti filialiga qarashli qurilish-montaj boshqarmasi tomonidan Chimboy tumanidagi Temir yo‘l guzari mahalla fuqarolar yig’ini hududida olib borilayotgan rekonstruktsiya ishlari ham shular jumlasidandir.

Qurilish-montaj boshqarmasi tomonidan bu erda mazkur mahalladagi iste’molchilarni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi uzunligi 1,2 kilometrlik, d-159 mm. bo‘lgan o‘rta bosimli er osti gaz tarmoqlari er ustiga chiqarilib, qurilish ishlari olib borilmoqda.
Bu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – gaz taqsimlash stantsiyalaridan qabul qilingan tabiiy gazni ortiqcha yo‘qotishlarsiz iste’molchilarga etkazib berishdir. Shuningdek, ularning tabiiy gazdan xavfsiz foydalanishini ta’minlashdan iborat.

Rekonstruktsiya ishlari tez orada to‘liq yakunlansa, hududdagi 850 dan ortiq xonadonning tabiiy gaz ta’minoti yaxshilanadi.
A.Jiyemuratov,
Qoraqalpog’iston axborot agentligi.