Baland parvoz, Sizga bitiruvchilar!

Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilariga bag’ishlangan “Baland parvoz, Sizga bitiruvchilar!” mavzusidagi diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bitiruvchilar, ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar, pedagog xodimlar, shuningdek, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy ishlarini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘limi boshlig’i T.Abdijabbarov, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sh.Ergashev va filial direktori K.Yusupovlar barcha bitiruvchi yoshlarni samimiy qutlab, kelgusi ishlariga yuksak parvozlar tiladi va bitiruvchilarga tantanali ravishda diplomlar topshirildi. Shuningdek, faol bitiruvchilarning ota-onalari va ustozlari Faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialini 2025-2026 o‘quv yilida kunduzgi, sirtqi va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 362 nafar yoshlarimiz muvaffaqiyatli tamomladi.
– Farzandining oliy ma’lumotli bo‘lib, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi har bir ota-onaning eng katta orzularidan biridir, – deydi bitiruvchilarning ota-onalaridan biri O.Baltabaev. – Mana bugun bitiruvchi yoshlarimiz yillar davomida olgan bilimlari natijasida davlat attestatsiya sinovlari va bitiruv malakaviy diplomlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, malakaviy diplomlarini olishga muyassar bo‘lmoqda. Bu ota-onani, qolaversa, ta’lim bergan ustozlarni katta quvonchga to‘ldiradi.

O‘tkazilgan tantanali tadbir talaba yoshlar tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi.
Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Temirbaev va Qoraqalpog’iston Qoraqalpog’iston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Temirbaev va Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri A.Ayapovlar ham ishtirok etdi.



Qoraqalpog’iston axborot agentligi