“Yulduzlar” o‘z jamoalarini oldinga etaklamoqda

79

AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida ayni kunlarda 1/8 final o‘yinlari qizg’in davom etmoqda.

Ta’kidlash kerakki, chempionatning ushbu bosqichida Afrika qit’asidan Marokash maydon egalari hisoblangan Kanada terma jamoasini 3:0 hisobida mag’lub etgan bo‘lsa, o‘zbekistonlik referi Ilgiz Tantashev boshqargan Frantsiya va Paragvay o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatining kumush medal sohiblari Kilian Mbappening urgan goli evaziga 1:0 hisobida g’alaba qozondi.

Besh karra jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan Braziliya terma jamoasi esa o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan ko‘pchilik futbol muxlislarining ko‘nglidan chiqib kelayotgan Norvegiya terma jamoasi bilan uchrashdi. O‘ta qiziqarli o‘tgan o‘yinda Evropa vakillari har tomonlama ustunlik qilib, jamoa etakchisi Erling Hollandning Braziliya darvozasiga urgan ikki goli evaziga 2:1 hisobida g’alaba qozondi.

O‘z Vatanida o‘tkazilayotgan bu yilgi jahon chempionatida O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan Meksika bu bosqichda Tomas Tuxel boshchiligidagi Angliya terma jamoasi bilan uchrashdi.

O‘ta keskin kechgan o‘yinning 36-38-daqiqalarida Jud Bellingem Meksika darvozasini aniq nishonga olgan bo‘lsa, 42-daqiqada meksikalik Xulian Kinones o‘yindagi hisobni qisqartirishga erishdi.

54-daqiqada angliyalik himoyachi Jerell Kuansa o‘z raqibiga nisbatan qo‘polligi uchun bosh hakam avstraliyalik Alireza Fagani tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi. Shundan so‘ng Angliya terma jamoasi asosiy e’tiborni himoyaga qaratib, faqat qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qildi.

Shunday hujumlardan birini meksikalik darvozabon to‘xtatib qoldi va buning uchun penalti bilan jazolandi. Bu penaltini esa jamoa sardori Harri Keyn aniq amalga oshirib, o‘yindagi hisobni 3:1ga etkazdi.

Shundan so‘ng meksikaliklar ham bor e’tiborni hujumga qaratdi. Shunday hujumlardan birini 69-daqiqada Harri Keyn jarima maydonida qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi va buning uchun bosh hakam penalti belgiladi. Bu penaltini esa Raul Ximenes aniq amalga oshirdi va hisobni 3:2ga keltirdi.

Albatta, bu hisob maydon egalarini umuman qoniqtirmasdi va ular o‘yinning so‘nggi soniyalarigacha gol urishga harakat qilishdi. Biroq, o‘yinda ular kutgan natija ro‘y bermadi va Harri Keyn etakchiligidagi Angliya chorak finalga chiqdi.

Shunday qilib, o‘tgan o‘yinlarning barchasida ham Mbappe, Holland, Bellingem va Keyn kabi futbol yulduzlari tengdoshlar darvozasiga gol urib, o‘z jamoalarini oldinga qarab etaklamoqda.

Bugun yarim tunda soat 00:00 da Ispaniya va Krishtianu Ronaldu etakchiligidagi Portugaliya terma jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Adilbay Orazov,
Qoraqalpog’iston axborot agentligi sharhlovchisi