Oqto‘be shahrida Qoraqalpog’iston savdo uyi ochildi

147

Muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpog’istonga bo‘lgan alohida e’tibori natijasida respublikamiz iqtisodiyoti yanada mustahkamlanib, eksport salohiyati oshib bormoqda.

Xususan, respublikamizning qo‘shni xorijiy davlatlar bilan har tomonlama munosabatlari rivojlanib, ular bilan hamkorlik ko‘lami kengayib bormoqda. Jumladan, alohida ta’kidlash joizki, qo‘shni Qozog’iston Respublikasining Mang’istau viloyati Aqtau shahrida Qoraqalpog’istonda etishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish maqsadida maxsus savdo uyi ochilgan edi.

Yaqinda Oqto‘be viloyati Oqto‘be shahri “Tabis Alani” ulgurji savdo bozori hududida Qoraqalpog’istonning yana bir shunday savdo uyi ochildi.

Ayni paytda bu erda respublikamizda etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Savdo uyida maxsus savdo o‘rinlari, muzlatkichli omborxonalar va tashrif buyuruvchilar uchun qulay infratuzilma yaratilgan.

Qoraqalpog’iston axborot agentligi