Prezident sovg’asi – avtomobil o‘z egasiga tantanali ravishda topshirildi

160

Yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Yoshlar kuni munosabati bilan Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan maxsus ko‘rgazmada yurtimizning faol yoshlari tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalar bilan tanishgan edi.

Ko‘rgazma doirasida Nukus davlat texnika universiteti talabalari tomonidan «Shell Eco-marathon» xalqaro tanlovi uchun ishlab chiqilgan «Aral Drive» loyihasi Prezidentimizga taqdim etildi.

Bundan so‘ng loyiha taqdimotini taqdim etgan Texnika universitetining «Iqtisodiyot va telekommunikatsiya injiniringi» fakulteti «Iqtisodiyot» yo‘nalishi 2-kurs talabasi Asanova Ayzada Prezident sovg’asi Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev ushbu avtomobilni o‘z egasiga topshirdi va «Aral Drive» loyihasining barcha ishtirokchilarini tabrikladi.

Jamoaga kelgusida Belgiya davlatida o‘tkaziladigan tanlovda ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritishiga tilakdoshlik bildirildi.

Qoraqalpog’iston axborot agentligi