O‘zbekiston Prezidenti Gruziyaga jo‘nab ketdi

70

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan 2-iyul kuni davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga jo‘nab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, Gruziya poytaxtida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi.

photo_2026-07-02_15-31-59O‘zbekiston – Gruziya do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

photo_2026-07-02_15-31-59 (2)Tashrif dasturida madaniy-gumanitar tadbirlarda ishtirok etish ham ko‘zda tutilgan.