Xalq qabulxonasi boshlig’i o‘rinbosari tayinlandi

235

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining majlislar zalida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va aholini qiynab kelayotgan muammolarga echim topish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish o‘tkazildi.

Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi Raisi Amanbay Orinbaev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshlig’i F.Omonov ishtirok etdi.

Yig’ilishda dastlab, tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Nilufar Reimbaevna Allabergenova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog’iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi boshlig’ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuni aytib o‘tishimiz kerakki, N.Allabergenova tayinlovga qadar Qoraqalpog’iston Respublikasi Prokurorining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida ishlab kelgan.

Yig’ilish davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Qoraqalpog’iston axborot agentligi