Ozarbayjon Bosh vaziri Toshkentga keldi

524

Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Yuqori martabali mehmonni “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, qardosh mamlakat hukumati rahbari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi.

O‘zA