Makedoniya nomi oʻzgaradimi?

Makedoniyalik qonun chiqaruvchilar dushanba kuni mamlakat nomini Makedoniya Respublikasidan Shimoliy Makedoniya Respublikasiga oʻzgartirishga qaror qildilar. Ushbu masala yuzasidan ikki haftadan ortiq vaqt mobaynida referendum oʻtkazildi va parlamentni koʻplab aʼzolari mamlakat nomini oʻzgartirishni qoʻllab quvvatlashgan.

Makedoniya nomini oʻzgartirish Bosh vazir Zoran Zayev tomonidan ilgari surilgan edi. Uning aytishicha, agar mamlakat nomi oʻzgaradigan boʻlsa, janubiy qoʻshni Gretsiya bilan oʻn yillardan beri davom etib kelayotgan nizolar bartaraf etilishi va Makedoniya uchun Yevropa Ittifoqiga va NATOga aʼzo boʻlish yoʻli ochilishi mumkin.

Biroq, parlamentning juda kam foizini tashkil qiluvchi norozi tomon mamlakat nomini saqlab qolish uchun oxirigacha harakat qilishlarini aytishgan.

 

OʻzA