Nomzodlar o‘z saylovoldi dasturini taqdim etdi

Qoraqalpog’iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining maxsus qarori bilan “Saylov to‘g’risida”gi Qoraqalpog’iston Respublikasi Qonunining tegishli moddalariga muvofiq joriy yil 12 aprel kuni 37-sonli “Xo‘jayli” saylov okrugida bo‘shagan o‘ringa Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi deputati saylovi o‘tkaziladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesiga bo‘shab qolgan deputatlik o‘rni uchun o‘tkaziladigan qayta saylovda 37-sonli “Xo‘jayli” saylov okrugiga partiyalardan ko‘rsatilayotgan nomzodlar o‘z saylovoldi dasturini saylovchilarga tanishtirish maqsadida tumandagi 2-sonli umumiy ta’lim maktabida Bayterek va Paro‘az MFYlari aholisi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida nomzodlar saylovchilarni o‘zlarining saylovoldi dasturlari bilan tanishtirib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Qoraqalpog’iston axborot agentligi