O‘zbekiston Prezidenti “HRL Group” kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

217

Islomobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston – Pokiston biznes forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “HRL Group” kompaniyasi raisi Zohid Rafiq bilan uchrashdi.

Kompaniyalar guruhi qurilish, tog‘-kon sanoati va energetika sohalarida faoliyat yurituvchi eng yirik korxonalar sirasiga kiradi.

O‘zbekiston tajribasini qo‘llagan holda Pokistondagi mis, oltin va o‘ta muhim minerallar konlarida birgalikda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish istiqbollari muhokama qilindi.

Mamlakatimiz yetakchisi kompaniya rahbarining Pokiston poytaxtida Imom Buxoriy majmuasi va Samarqandda mehmonxona qurish tashabbuslarini olqishladi.