ONLAYN. Yaponiya sanʼat delegatsiyasi konservatoriyaga “Koto” sovgʻa qildi

Avval xabar berganimizdek, Yaponiya sanʼat delegatsiyasi vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan oʻzaro hamkorlik asosida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida mahorat darslari oʻtmoqda.
Ushbu mahorat saboqlari davomida delegatsiya vakillari konservatoriya muzeyiga torli cholgʻular safiga kiruvchi yapon milliy musiqa asbobi “Koto”ni sovgʻa qildi.
– Ellarni tillar emas, kuy birlashtiradi, deyishadi, – deydi sanʼatshunoslik fanlari nomzodi Ozoda Toshmatova. – Bu mazkur tadbir davomida ham oʻz isbotini topdi. Tadbir davomida ijro etilgan musiqalarda oʻziga xos noyob ohang ruhiyatga sokinlik, orom berdi. Oʻz oʻrnida joʻshqinlik baxsh etdi.

 

B.Meliqulova, OʻzA