
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish davom etmoqda.
Yil boshidan viloyatda meva-sabzavot eksporti 2 karra oshib, 62 million dollarga yetdi.
Ko‘kdaladagi 6 ming gektar lalmi yerda tarvuz, viloyatning 13 ta tumanidagi 6 ming gektar ekin yerlarida pomidor yetishtirishni yo‘lga qo‘yish orqali tarvuzning yillik eksportini 30 million dollarga, pomidorni esa 5 million dollarga yetkazish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Pomidor, bodring va boshqa sabzavot urug‘larining importi kattaligi, mahalliy sharoitga mos, unumdor va kasallikka chidamli navlar yo‘qligi qayd etildi. Shu munosabat bilan Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti Meksikadagi xalqaro g‘alla va makkajo‘xori markazi (CYMMIT) bilan hamkorlik o‘rnatib, 500 turdagi yangi nav olib kelgani ma’qullandi.
CYMMIT vakillari Qashqadaryoda g‘alla va ozuqa ekinlari bo‘yicha markaz ochmoqchi. Eng muhimi, meksikalik hamkorlar o‘zining tezkor nav yaratish texnologiyasini olib kelayapti. Ushbu markaz faoliyatini rivojlantirishga 3 million dollar yo‘naltirish topshirildi.
O‘zA