Orol madaniyati sammiti doirasidagi uchrashuv

212

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalasi mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lgan alohida e’tibori natijasida o‘tkazilayotgan Orol madaniyati sammiti doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori Ivana Jivkovich bilan uchrashdi.

Uchrashuvda dastlab mamlakatimizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlik va xalqimiz turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, iqlim o‘zgarishi oqibatlaridan muhofaza qilish va unga qarshi kurashish masalalarini ilgari surishda global yetakchi bo‘lgan Yevropa ittifoqi bilan hamkorlikni yanada takomillashtirish borasidagi amaliy chora-tadbirlar g‘oyat muhim ekanligiga alohida baho berildi.

Uchrashuv davomida mamlakatimiz, jumladan, Qoraqalpog‘iston va BMT Taraqqiyot Dasturi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari, xususan, Qoraqalpog‘iston va Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.