Bu yil Haj safariga Qoraqalpog‘istondan 153 nafar fuqaro boradi

“Haj-2018” safariga boradigan bir guruh qoraqalpog‘istonlik vatandoshlarimiz Xiva shahriga sayohat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-il 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklari bilan tanishtirish bo‘yicha tasdiqlangan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkillashtirish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha komissiyaning amaliy ko‘magi bilan qadimiy va navqiron Xiva shahrining tabarruk joylariga ziyorat uyushtirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Haj-2018” safariga Qoraqalpog‘istondan joriy yil 153 fuqaro jo‘nab ketadi.

 

Yesimxon Qanoatov, O‘zA