O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan partiya xodimlarining siyosiy-huquqiy bilimlarini boyitish, ularni saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtirish maqsadida o‘quv-seminarlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur o‘quvlar yaqinlashib kelayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlarga bo‘ladigan saylovlarni qonun talablariga rioya qilgan holda o‘tkazishda, partiya xodimlarining tajribalarini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining tuman (shahar) partiya tashkilotlari xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarda partiya rahbari Abdushukur Hamzayev ishtirok etdi. Partiya yetakchisi saylovga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, olimlar ilmiy xulosalari va demokratik islohotlardan foydalangan holda ekologik siyosatni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

Seminar davomida xodimlarning savollariga atroflicha javob berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatidagi partiya xodimlarining siyosiy bilimlarini boyitishga qaratilgan seminarda saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlarga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

M.Komilova, O‘zA