Namangan viloyatida 6 ta davlat va 3 ta xususiy oliygoh bor. Ular ichida yetakchi bo‘lgan Namangan universitetida o‘zgarish qilish vaqti kelgani ta’kidlandi.
Universitetdagi 71 ta ta’lim yo‘nalishi 56 taga kamaytirilib, yangi adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlanadi. Ta’lim sifatini oshirish uchun o‘quv dasturlari yangilanadi.
Oliygohlardagi 65 ming talabadan 32 mingi boshqa viloyatdan kelib o‘qishini inobatga olib, oliygohlar atrofidagi 43 ta mahallada uy yotoqxonalarini tashkil etish topshirildi.
Ayni paytda yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari, tadbirkorlarning takliflari tinglanmoqda.
O‘zA