Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda qayd etilganidek, bu konlarda yangi loyiha qilaman, degan tadbirkor ko‘p.
Jumladan, ular keramogranit va bazalt tola ishlab chiqarmoqchi. Bundan tashqari, Chustdagi “Alichelek” mis koniga Xitoylik investorlar 200 million dollar sarmoya kiritishga tayyor.
Viloyatdan qo‘shni davlatlarga eksportning hozirgi ko‘rsatkichlari bor imkoniyatga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligi ko‘rsatib o‘tildi. Qo‘shni davlatlarda savdo uylarini ochish bo‘yicha muzokara o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zA