O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya elchixonasiga tashrif buyurib, elchi Oleg Malginov orqali Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll”da yuz bergan terror harakati munosabati bilan butun Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda hukumat rahbari matbuot xizmati xabar bergan.
Bosh vazir hamdardlik kitobiga yozuv qoldirdi.
Avvalroq Aripov mazkur terakt oqibatida ko‘plab qurbonlar va jarohatlanganlar borligi munosabati bilan RF Bosh vaziri Mixail Mishustinga hamdardlik bildirgan edi.
Rossiyada 24-mart teraktda halok bo‘lganlar xotirasiga motam kuni deb e’lon qilindi. Shu kuni O‘zbekistondagi RF elchixonasida Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov, Senat raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev va boshqa rasmiy shaxslar ham bo‘ldilar.
O‘zA