Sayxunobod tumanida tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilashga 60 milliard so‘m mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi. Mutasaddilarga tadbirkorlarning infratuzilma bilan bog‘liq masalalarini hal qilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Sayxunobod hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lidan har kuni 20 mingdan ziyod avtomobil o‘tadi.

Bu imkoniyatni ishga solish uchun O‘rikzor, Guliston, Nurli yo‘l, Baxmalsoy, Farovon mahallalaridagi 9 gektar maydonda 40 ta xizmat ko‘rsatish obyekti, 1 ta mehmonxona va 1 ta logistika markazi ishga tushiriladi.

O‘zA