Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida Sayxunobod tumanidagi birorta mahallada xomashyoni yetkazish, borini qayta ishlash, odamlarni mahsulot ishlab chiqarishga o‘rgatish va kooperatsiya qilish bo‘yicha tayinli ish olib borilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Bu borada mahalliy sanoatga mas’ul 13 ta uyushma Sayxunobodga 2023-yilda biror marta kelmagan. Bu yil uchun ham reja qilmagan.

Tumanning eng katta zaxirasi ham, imkoniyati ham – yer. Masalan, Sayxunobod – aholi tomorqasi 20 sotixdan ortiq bo‘lgan 26 ta tumandan biri. Lekin buning 10 foizi ishlatilyapti, asosiy ekin – beda bilan makka bo‘lib qolgan.

 

O‘zA