Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Sayxunobodda 2023-yilda ishlab chiqarish hajmi deyarli o‘smagan.

Mutasaddilar korxonalarga aylanma uchun pul berib, mahsulotni ko‘paytirishga e’tiborsiz bo‘lgani qayd etildi.

Bugungi kunda tumanda 1 million so‘mlik mahsulot yaratish uchun o‘rtacha 126 kilovatt-soat elektr sarflanayapti. Bu – viloyatni qolgan tumanlaridan 2 karra ko‘p.

Sababi – 19 ta mahalladan 16 tasida yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan birorta ishlab chiqarish yo‘q.

Vaholanki, tumandagi tayyor infratuzilmasi bor 16 ta bino va inshoot qimmatligi uchun bir yildan buyon sotilmay tashlandiq yotibdi. Yana uzoq yillardan beri bo‘sh turgan 5 ta obyekt auksionga chiqarilmagan.

O‘zA