Prezident: jamoat transporti qamrovi bor-yo‘g‘i 25 foiz ekani – bu tizimga berilgan baho
432

Yig‘ilishda jamoat transporti masalalari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari jamoat transporti haligacha odamlarga sifatli xizmat ko‘rsatadigan tizimga aylanmaganini qayd etdi.
–Jamoat transporti qamrovi bor-yo‘g‘i 25 foiz ekani – bu tizimga berilgan baho, – dedi Prezident.
Viloyatlarga yetkazilishi reja qilingan avtobuslarning hammasi ham olib kelinmagani, Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida yo‘lovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirish tizimini joriy qilish ishlari yakuniga yetkazilmagani tanqid qilindi.
Transport vaziri va viloyat hokimlari bu ishlarni to‘liq yakunlab, 1 martga qadar 5 ta viloyat markazida, 1 iyungacha qolgan 8 ta shaharda yangi tizimni yo‘lga qo‘yishi shartligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.
O‘zA