Shu yil yozda qabul qilingan, o‘rmonlarni saqlashga qaratilgan qonun tufayli Yevropaning ko‘plab davlatlarida qahva va kakao zaxirasi yo‘q qilinishi mumkin.

“Financial Times” gazetasi yozishicha, iyun oyida kuchga kirgan qonun o‘rmonlarni kesish, bolalar mehnatidan foydalanish natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar importini taqiqlaydi.

– Ishlab chiqaruvchilar qahva va kakao zaxirasini o‘tish davrida – 2024 yil dekabrigacha sotishi kerak, aks holda bu tovarlarni Yevropa Ittifoqidan tashqarida sotish yoki yo‘q qilishga to‘g‘ri keladi, – deb yozgan nashr. – Xorij OAV xabariga ko‘ra, ayni payt ko‘hna qit’a omborlarida 200 ming tonnaga yaqin kakao, 150 ming tonna kofe saqlanmoqda. Kakaoning, taxminan, 70 foizi Gana va Kot-d’Ivuardan, kofening asosiy qismi Braziliya, Vetnam, Kolumbiya va Indoneziyadan kelgan.