AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Isroil va XAMAS o‘rtasidagi mojaroda “gumanitar pauza”ni uzaytirish masalasini muhokama qilish uchun Tel-Avivga yetib bordi.

Blinkenning 7 oktyabrdan boshlab Yaqin Sharqqa uchinchi safarining birinchi bekati Isroil bo‘ldi. Tashrif chog‘ida u mamlakat rasmiylari bilan “gumanitar pauza”, XAMAS qo‘l ostidagi mahbuslarni ozod qilish va G‘azoga yordam masalalarini muhokama qilishi kutilyapti.