O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 noyabrdagi “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5215-son Farmoniga a) 4-bandning “tovar nomi” ustunidagi “buyumlar” so‘zi “buyumlar*” so‘zi bilan almashtiriladi; b) quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldiriladi: “*) affinaj korxonalari va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan qimmatbaho metallarni hamda tarkibida qimmatbaho metallar mavjud bo‘lgan xomashyoni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishda hamda bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan qimmatbaho metallar va tarkibida qimmatbaho metallar mavjud bo‘lgan xomashyoni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarini Uzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda litsenziya talab etilmaydi”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5721-son Farmoni 1-bandining oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda o‘zgardi: “jismoniy shaxslarga qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi”.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandi quyidagi mazmundan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“Bunda, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda ma’lumotlarni TSOYAEATga kiritmasdan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruxsat beriladi”.

O‘zA