
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg‘armasi (UNICEF) o‘rtasida ikki tomonlama Harakatlar rejasi imzolandi.
Agentlik axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu Harakatlar rejasi tarkibidan “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi va “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha turlaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar loyihasi, ijtimoiy xodimlarning odob-axloq kodeksi hamda kasbiy standartlari, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bolalar uchun bir qator xizmat standartlari va ijtimoiy xodimlarni o‘qitish dasturlari kabi strategik ahamiyatga ega hujjatlar o‘rin olgan.

Rejaga asosan yil yakuniga qadar ijtimoiy xodimlar salohiyatini yuksaltirish, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash dasturlarini amalga oshirishni idoralararo muvofiqlashtirish kabi vazifalar ijrosini ta’minlash belgilangan.
N.Ziyodullayeva, O‘zA