Butun musulmon ummatining muqaddas bayrami, xalqimizning ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutgan, ezgulik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat va saxovat kabi boqiy umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan Qurbon hayiti – Iyd al-Adho munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari, nufuzli siyosat, jamoat va din arboblari, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabriklar kelmoqda.
Qutlovlarda O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqiga hurmat-ehtirom, tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan, mamlakatimiz bilan do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlikni bundan buyon ham rivojlantirish va mustahkamlashga intilish tasdiqlangan.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Qatar Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy;
Kuvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
Suriya Arab Respublikasi Prezidenti Bashar Asad;
Kuvayt Davlati valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ISESCO) bosh direktori Salim al-Malik;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, MDH Dinlararo kengashi hamraisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.