“Xanchjou-2022” tashkiliy qo‘mitasi bu yilgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga tashrif buyuruvchilar uchun turli xil imtiyozlar taklif qilinishi, masalan, bir million to‘p sovg‘alar jamlanmasi tarqatilishini e’lon qildi.

Har bir to‘plamda Xanchjou metrosida yetti kun bepul yurish, 100 yuan (14 dollar atrofida)lik oldindan to‘langan telefon kartasidan foydalanish kabi qulayliklar bor.

Da’vogarlar, shuningdek, Turizm va madaniyat agentligi tomonidan ilgari surilgan tashabbus orqali Osiyo o‘yinlariga 100 000 bepul chipta yutib olish imkoniga ham ega bo‘ladilar.

Ushbu dasturda qatnashishni istagan mehmonlar turizm va madaniyat idorasi rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishi lozim, deyiladi tashkiliy qo‘mita xabarida.

Osiyo o‘yinlari 23 sentyabr-8 oktyabr, Paraosiyo o‘yinlari esa 22-28 oktyabr sanasiga belgilangan.

Xitoyning Yanszi kengligida joylashgan, Shanxay shahridan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi madaniy markaz sanalgan Xanchjou shahri aholisi 12 millionni tashkil etadi.

Sovg‘alar jamlanmasi lotereyasi uch bosqichda, “Aqlli Xanchjou-2022” dasturi orqali o‘ynaladi. 400 ming sovg‘a to‘plamining birinchi qismiga ariza topshirish boshlangan, jarayon 10 iyungacha davom etadi.

200 ming sovg‘adan iborat ikkinchi qism uchun 1-10 avgust kunlari ariza qabul qilinishi rejalashtirilgan.

400 ming sovg‘a to‘plami egalari aniqlanadigan tadbirlar yozgi Osiyo o‘yinlari yakuni hamda Paraosiyo o‘yinlari davomida – 10-20 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA