Yon qo‘shni jon qo‘shni
Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi tomonidan muzey muassasalari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda xalqaro maydonda Qozog‘iston ko‘rgazmasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.
Bu g‘oya mamlakat Prezidentining 2022 yil 29-30 noyabr kunlari Fransiyaga tashrifi chog‘ida e’lon qilingan edi.
“Qozoq cho‘li sivilizatsiyasining madaniy kodeksi” loyihasi doirasida tayyorlanadigan mazkur ko‘rgazma xronologiyasi eramizdan avvalgi IV ming yilllikdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrga oid. Eksponatlar qozoq dasht sivilizatsiyasining izchil rivojlanib, madaniy shakl-shamoyilga ega bo‘lib, milliy muzey fondidan joy olgan qadimiy, nodir jismlardir. Yana bir, shahar va ko‘chmanchi madaniyat tarixi, xalq falsafasi, dunyoqarashini aks ettiruvchi vizual tasvirlar ham ko‘rgazmani mazmunan boyitgan.
Loyihaning dolzarbligi raqamli kommunikatsiya davriga xos haqiqiy madaniyat mamlakatning raqobatbardoshligini oshirishi, global kommunikatsiyaning muvaffaqiyatli ishtirokchisi sifatida tan olinishi uchun muhim vosita ekani bilan izohlanadi.