Fransiyaning Sharqiy Pireneyasida o‘t o‘chiruvchilar yil boshidan buyon birinchi yirik tabiiy yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi. Yakshanba kuni boshlangan yong‘in 931 gektar o‘rmon va o‘tloqlarni o‘z domiga tortib, Ispaniya hududiga yaqinlashgan.

«Euronews» bergan xabarga ko‘ra, dushanba kuni ertalab yong‘in tarqalishi to‘xtatilgan, lekin haligacha  butunlay o‘chirilmagan.

Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanenning ma’lum qilishicha, mamlakatda yong‘inlar mavsumi global isish oqibatlari sababli ancha erta, ya’ni  aprel oyidanoq boshlangan.

Fransiya hukumati aholini yashayotgan uyi atrofidagi daraxt shoxlarini kesib tartibga keltirish hamda ehtiyot bo‘lishga, tasadifan yong‘in chiqishiga sababchi bo‘lib qolmaslikka chaqirdi, deyiladi xabarda.