Prezident Emmanuel Makron professional tashkilotlarning rad etishiga qaramay, kasaba uyushmalarini Fransiyadagi mehnat shartnomalarini yaxshilash bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishga chaqirdi. Bu haqda “Frans-press” agentligi xabar berdi.

“Mavjud vaziyat va norozilik fonida faolroq harakat qilishimiz kerak. Shuning uchun men 18 aprel kuni uchrashuvga hozir ish beruvchilar va kasaba uyushmalari tashkilotlarini taklif qildim. Eshik ochiq qolmoqda. Muzokaralarda asosiy masalalar – ishchilarning daromadlarini oshirish, martaba darajalarini ko‘tarish, daromadni adolatli taqsimlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, kasb kasalliklariga duchor bo‘lganlarga sog‘lig‘ini tiklash uchun yechim topish, keksa ishchilarning yoshiga yarasha ish bilan ta’minlash singari masalalar ko‘rib chiqiladi”, dedi xalqqa telemurojaatida davlat rahbari.

Prezident pensiya islohoti masalasida mamlakatda kelishuv bo‘lmaganidan afsusda ekanini qayd etdi.

“Islohot noroziligi bilan birga, ishchilar mehnat sharoitlarini yaxshilash talabini ham ilgari surdilar. Ko‘plab fransuzlar, Yevropa davlati uchun istisnoli amallarga qaramay, narxlar oshishi tufayli yaxshi yashay olmaganidan norozi”, deya tushuntirdi Makron.

O‘zA