Afg‘onistonning Hirot shahrida Qozog‘iston savdo uyi ochiladi, deya xabar berdi “Kazinform”. Bu qaror savdo vazirining Kobul shahriga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi. Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yil Afg‘oniston bilan o‘zaro savdo hajmi 1 milliard dollarga yetgan.