Dushanba kuni Yapon dengizida Janubiy Koreya, AQSH va Yaponiya raketalarga qarshi mudofaa bo‘yicha uch tomonlama mashqlarni boshladi, deb xabar tarqatdi Ryonxap agentligi Janubiy Koreya harbiy dengiz kuchlari manbalariga tayanib.
Mazkur uch davlat 22 fevralda ham shu kabi uch tomonlama mashqlarni o‘tkazgan edi. Shuningdek, 3 aprelda AQSHning “Nimits” aviatashuvchisi ishtirokida uch mamlakat harbiy dengiz kuchlarining o‘quv-mashqlari o‘tkazildi.
Xabarda keltirilishicha, bu galgi mashqlarda har bir mamlakatdan Aegis tizimi bilan ta’minlangan uchtadan esmins ishtirok etadi. Mashqlardan ko‘zlanayotgan maqsad Ballistik raketalarni oldindan payqash va kuzatib borishni takomillashtirish hamda bu haqda ma’lumotlar almashish.
Avvalroq Shimoliy Koreya ilk marotaba qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan “Xvason-18” qit’alararo ballistik raketasini sinab ko‘rgani haqida ma’lum qilingan edi. So‘nggi paytlarda Shimoliy Koreyaning ketma-ket amalga oshirib kelayotgan raketa sinovlari Yaponiya va Janubiy Koreyaning qattiq xavotiriga sabab bo‘lmoqda.