Joriy yilning 27-28 aprel kunlari “Tashkent sity”dagi Kongress-xollda 2-Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi.

Bundan oldingi forumda dunyoning 56 mamlakatidan 2000 dan ortiq ishtirokchi –  yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar qatnashgan bo‘lsa, navbatdagi forumda ishtirokchilar soni yanada oshishi kutilmoqda.

Forum doirasida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning investitsiyaviy salohiyatini atroflicha ochib berishga qaratilgan yalpi majlis, ekspertlarning 30 dan ortiq qizg‘in bahs-munozaralari, davra suhbatlari va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda ishtirok etishni istaganlar 20 aprelgacha www.iift.uz saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

O‘zA