Sifatli ta’lim mezonlaridan biri jamoaning hamfikr va ilm-fanga yuksak darajadagi e’tiboridir. Ana shundagina yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish mumkin.

Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti “QS World University Rankings by Subject 2023” natijalariga asosan 3 ta fan sohasi bo‘yicha TOP-500 talikda qayd etildi, deya xabar beradi universitet matbuot xizmati.

«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti QS xalqaro reyting agentligi tomonidan 2023 yil uchun e’lon qilingan «Fan sohalari reytingi» (Subject Rankings 2023) ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston OTMlari orasida ilk bor birato‘la 3 ta fan sohasi bo‘yicha dunyo universitetlarining TOP-500 talik ro‘yxatida e’tirof etildi.

Shundan 2 tasi yirik fanlar sohalari va 1 ta ixtisoslashgan fan bo‘yicha yuqori natija qayd etdi.

O‘zA