O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Xalqaro savdo markazi bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “Ready4Trade Central Asia” (R4TCA) loyihasi doirasida ishlab chiqilgan “Uzbekistan Trade Info” savdo axborot platformasini ishga tushirdi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining transchegaraviy savdo operatsiyalari bo‘yicha xabardorligini oshirish orqali mamlakatimizning eksport-import salohiyatini kengaytirishga qaratilgan, turli toifadagi tovarlar bo‘yicha eksport va import amaliyoti to‘g‘risida bosqichma-bosqich axborot taqdim etiladigan mazkur platforma barcha tadbirkorlar uchun ochiq bo‘lib, eksport, import, logistika va sertifikatlashtirishga doir eng so‘nggi ma’lumotlar joylashtirib boriladi.

Qayd etish joiz, bu tizim transchegaraviy savdo qoidasini yanada shaffof qilish uchun tashqi iqtisodiy faoliyat vaqti va xarajatini kamaytiradi, yanada ko‘proq odamni tadbirkorlikka jalb etishga yordam beradi.

O‘zA