Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida nutq so‘zlamoqda.

— Avvalambor, poytaxt ehtiyojini ta’minlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi. Birinchisi – Qibrayda 400 megavattli fotoelektr stansiyasini qurish boshlandi. Shuningdek, bugungi tadbirda Yuqori Chirchiqda 700 megavattli, Ohangaron tumanida 1 ming megavattli hamda Bo‘kada 300 megavattli stansiyalar loyihalariga start beriladi,– dedi davlatimiz rahbari. –Bu loyihalarga 2 milliard dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritilmoqda. Bu stansiyalar to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagandan keyin yiliga 6 milliard kilovatt-soat kafolatlangan elektr ishlab chiqaradi.

Bu stansiyalarning elektr energiyasi qo‘shimcha 2 million aholi va 30 ming korxona talabini ta’minlashga yetarli bo‘ladi.

Shuningdek, poytaxtda elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash uchun yangi podstansiyalar quriladi va mavjudlari yangilanadi, qo‘shimcha yuqori kuchlanishli tarmoqlar quriladi, issiqlik markazlari rekonstruksiya qilinadi, kogeneratsiya texnologiyasi joriy qilinadi.

O‘zA