Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida yurtimizda ishlab chiqarilgan “Volkswagen Caddy” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi va patronaj hamshiralari uchun velosipedlar topshirildi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari, maxsus inventar va asboblar bilan jihozlash, tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash va aholiga yanada yaqinlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning yanvar oyida Amudaryo, Ellikqal’a, To‘rtko‘l tumanlariga ikkitadan, Beruniy, Bo‘zatov, Chimboy va Kegeyli tumanlariga bittadan, jami topshirilgan 10 ta tez tibbiy yordam avtomashinasi joylarda aholiga tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 10 ta “Volkswagen Caddy” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi hamda patronaj hamshiralari uchun 64 ta velosiped topshirildi.
Dovud ABIBULLAEV,
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA