Turkiyadan qaytayotgan o‘zbekistonlik qutqaruvchilarni kutib olish uchun, fuqarolar qo‘llarida Vatan bayroqlari va gullar bilan Toshkent Xalqaro aeroportiga chiqdi.
Turkiyada 18 kunlik qidiruv-qutqaruv ishlaridan so‘ng O‘zbekiston FVV otryadi Vatanga qaytdi.
Shu vaqt ichida qutqaruvchilarimiz vayronalar ostidan 18 nafar tirik odam va 200 ga yaqin jasadlarni olib chiqdilar.