FOTOREPORTAJ
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi Nukus gornizonida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi uyushmagan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tayyorlash va o‘qitish maqsadida “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini tashkil etildi.
Mazkur o‘quv yig‘iniga 100 nafar uyushmagan yosh jalb qilindi. Ular 10 kun davomida belgilangan dastur bo‘yicha harbiy va madaniy, sport hamda biznes-trening tadbirlarida ishtirok etadi.
Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Nukus gornizoni harbiylari va hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan tadbir va treninglar o‘quv yig‘ini ishtirokchilarini yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ular qalbida harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish, hayot ko‘nikmasini rivojlantirish maqsadini o‘zida mujassam etgan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA