Ozarbayjon va Turkiya Prezidentlari Ilhom Aliyev va Rejep Tayyip Erdog‘an Istanbuldagi uchrashuvda Boku va Yerevan o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik va o‘zaro munosabatlarni normallashtirish istiqbollarini muhokama qilishdi. Bu haqda Ozarbayjon davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

“Suhbat chog‘ida Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, savdo, energetika, harbiy va harbiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Davlatlar rahbarlari, shuningdek, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish va tinchlik dasturi yuzasidan fikr almashdilar”, deyiladi xabarda.

Muzokaralar chog‘ida Aliyev zilzilalar natijasida xalok bo‘lganlar uchun Turkiya xalqiga hamdardlik bildirdi.

O‘z navbatida Erdog‘an xorij davlatlari ichida zilzila mintaqasiga birinchilardan bo‘lib qidiruv-qutqaruv guruhlarini yuborgani uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘zA